Redmi Note 7 Pro «kushandasi» 11 martdan sotuvga chiqyapti!

Redmi Note 7 Pro «kushandasi» 11 martdan sotuvga chiqyapti!

Xiaomi kompaniyasining so‘nggi taqdim etgan va bestseller bo‘lishi kutilayotgan smartfoni Redmi Note 7 Pro hisoblanadi. Biroq yana bir xitoylik kompaniya allaqachon ushbu modelning raqobatchisini tayyorlab qo‘ygan.Meizu bir necha bor Note 9 modelining tizer suratlarini e’lon qilgan, endi esa uning savdoga chiqish sanasi ham ma’lum bo‘ldi. Xitoydagi mashhur JD.com onlayn do‘konidagi Meizu Note 9 sahifasidagi yozuvga qaraganda, uni 11 mart kuni, Pekin vaqti bilan soat o‘nda sota boshlashadi.Meizu Note 9 haqida shu paytgacha tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, u Redmi Note 7 Pro bilan haqiqiy raqobatga kirishadi. Bu kurashda ularning narxlari asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!