"Real" va Azar o‘rtasidagi munosabat buzildi. Sababi ma’lum

"Real" va Azar o‘rtasidagi munosabat buzildi. Sababi ma’lum

Fransiyaning L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar va «Real» o‘rtasidagi munosabatlar buzildi.

Manbaga ko‘ra, bu noyabr oyida sodir bo‘lgan, o‘shanda Belgiya terma jamoasi shifokorlari futbolchiga jahon chempionatidagi eng yaxshi saviyasini tiklash uchun uni to‘rt oyga futboldan chetlashtiradigan yangi operasiyani tavsiya qilgan.

«Real» bu operasiyaga keskin qarshi edi.

Qayd etilishicha, klub rahbariyati bunday ssenariyni istamaydi – ular belgiyalik futbolchini sotishlari uchun o‘yin daqiqalariga ega bo‘lishini istamoqda.

«Real»ning operasiyadan bosh tortishi nihoyat klub va Azar o‘rtasidagi munosabatlarni buzdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!