"Real" o‘zining yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Real" o‘zining yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Yarim himoyachi Eduardo Kamavinga "Real" bilan shartnomasini uzaytirdi. Klub va 20 yoshli fransiyalik futbolchi o‘rtasidagi yangi shartnoma 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kamavinga 2021 yilning yozida 31 million yevro evaziga "Renn"dan "Real"ga o‘tgan edi. Yarim himoyachi "Qirollik klubi" safida 114 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oldinroq "Real" hujumchilar Vinisius Junior va Rodrigo bilan shartnomani uzaytirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!