"Real" Benzemaga ishonadi

"Real" Benzemaga ishonadi

"Real Madrid" rahbariyati yanvar oyidagi transfer oynasida Karim Benzema o‘rniga yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirmayapti, deb xabar beradi Marca. "Qaymoqranglilar" boshliqlarini fransiyalik futbolchining jarohatlari davom etayotgani xavotirga solgan.

34 yoshli hujumchi mavsum davomida jarohatlar bilan kurashdi, ammo baribir Fransiya terma jamoasiga chaqirildi. Futbolchi terma jamoa lageriga yetib borgach, mashg‘ulotlarda yana jarohat oldi.

Nashrning yozishicha, klub rahbarlari boshqa hujumchi qidirmayapti va Benzema mavsumning ikkinchi qismida formasini tiklashiga va 2024 yilning yozigacha hujumda birinchi tanlov bo‘lib qolishiga to‘liq ishonch bildirmoqda. Hozircha madridliklar klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu pozisiyani yopish uchun Rodrigodan foydalanadi.

Fransiyalik hujumchi joriy mavsumda “Real” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!