«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nimadan panoh so‘rardilar?»

«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nimadan panoh so‘rardilar?»

Fazilatli imom, muhaddis, shayx Muhammad Avvoma aytadilar:

“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nimadan panoh so‘rardilar?”

Rasululloh sollalohu alayhi va sallam bizga qanday ta’lim berganlari va tarbiya qilganlariga e’tibor qarating!

Payg‘ambarimizning ko‘rsatmalaridan biri – har kuni bomdod namozidan so‘ng, tongda, quyidagi mazmundagi duoni o‘qishga buyurar edilar:

"Men ushbu duoni takrorlab o‘qiyman, toki bu duoni bilmaganlarimiz eslab, yodlab olishsin: “Allohumma innaa nas’aluka ’ilman naafi’an, va rizqon toyyiban va ’amalan mutaqobbalan” ya’ni,

“Allohim, men Sendan foydali ilm, yaxshi rizq va qabul bo‘lguvchi amal nasib etmog‘ingni so‘rayman”.

Allohning elchisi bizni erta tongdanoq foydali ilm so‘rashga targ‘ib qildilar. Oddiy ilmgina emas balki, foydali ilm so‘rashni ta’lim berdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni shuningdek, foydasiz ilmdan panoh so‘rashni o‘rgatdilar. Imom Navaviy rohimahulloh bu xususda shunday deydilar: “Ilm uch xil bo‘ladi:

1. Foyda keltiruvchi manfaatli ilm.

2. Zarar keltiradigan ilm.

3. Foyda ham, zarar ham keltirmaydigan ilm”.

Shu sababdan Payg‘ambar alayhissalom foydasiz ilmdan panoh so‘raganlar. Chunki, naf keltirmayotgan ilm, tabiiyki, zarar keltiruvchi ilm bo‘ladi. Bunday manfaatsiz ilmni egallashda qimmatli vaqt, mol–mulk, sog‘lik va umr sarf etiladi. Bunday befoyda ilmga vaqt sarflagandan ko‘ra, o‘rniga biron xayrli amalni ta’lim olganiningizda edi, siz uchun xayrliroq va yaxshiroq bo‘lar edi.

Arabic.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!