Quvaytning yangi amiri e’lon qilindi

Quvaytning yangi amiri e’lon qilindi

29 sentyabr kuni Quvayt amiri Shayx Sabah Al-Ahmad Al-Saboh 91 yoshida vafot etgandi. Quvayt vazirlar mahkamasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda valiahd shahzoda Shayx Navaf Al-Ahmad Al-Sabah Quvaytning yangi amiriga aylandi.

Shayx Navaf marhum amirning ukasi hisoblanadi. U 2006 yilda valiahd shahzoda deb e’lon qilngandi. Xuddi shu yili Shayx Sabah Quvayt taxtiga o‘tirgan.

Quvayt konstitusiyasiga ko‘ra, valiahd shahzodalikka nomzod bo‘lgan har bir yangi shaxs Milliy Kengashning ko‘pchilik a’zolari tomonidan ma’qullanishi kerak. Shundan keyingina u valiahdlikka erishadi.

Odatda, Quvaytda amir va valiahd shahzodalar Muboak Al-Sabah avlodlari ichidangina tanlab olinadi.

83 yoshli Shayx Navaf ilgari mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziri bo‘lgan. 1990 yilda Iroqqa bostirib kirilgandan so‘ng, u Mehnat va ijtimoiy ishlar vaziri bo‘ldi va shu lavozimda 1992 yilgacha ishladi. 1994 yildan 2003 yilgacha Shayx Navaf Milliy gvardiya boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!