Qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tuman bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Nukus shahri “Janabazar” MFY hududidagi xonadonda yashovchi R.B. o‘z uyida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelib, fuqaro Z.D.ga jami 96 dona “Qaratau” nomi ostidagi aksiz markasiz alkogol mahsulotini 2,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, uning ko‘rsatuviga asosan Nukus shahri va To‘rtko‘l tumanida davom etgan tadbirlarda qalbaki alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan B.I. va I.Q. jami 1 110 dona “Qaratau” nomli qo‘lbola alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.O. hech qanday hujjatsiz 60 dona "SHAHRISABZ" nomli alkogol mahsulotini fuqaro A.A.ga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 2 turdagi 336 dona iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!