Qozog‘iston O‘zbekistonga sputnik yaratishni taklif qilmoqda

Qozog‘iston O‘zbekistonga sputnik yaratishni taklif qilmoqda

Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlariga yerni masofaviy zondlash uchun beshta sputniklardan iborat guruhni tashkil etishni taklif qilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vazir o‘rinbosari Jenis Qosimbek xabar qilmoqda. Bu haqda sof manbasi xabar berdi.

Biz konkret regional loyihani taklif qilmoqdamiz, ya’ni, yerni masofaviy zondlash uchun beshta sputnikdan iborat guruhni tashkil etishni taklif qilmoqdamiz, bu guruhda har bir mamlakatga bittadan sputnik tegishli bo‘ladi , - dedi Qosimbek forumda chiqishi davomida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlatidan har biriga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va iqtisodiyotning boshqa sektorlarini rivojlantirish uchun o‘z monitoringini olib borishga imkon yaratadi.

Kelajakda bu takliflarni tahlil qilish va o‘rganish uchun barcha mamlakatlarga yo‘llashga tayyormiz , - degan Qosimbek.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda juma kuni Markaziy Osiyoning beshta davlati hukumat delegasiyalari ishtirokida birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!