Qozog‘iston Tojikistonga rekord darajada g‘alla jo‘natdi

Qozog‘iston Tojikistonga rekord darajada g‘alla jo‘natdi

Atigi 8 oy ichida Qozog‘iston Respublikasi yetkazib beruvchilari Markaziy Osiyo mamlakatlariga 2,5 million tonna g‘alla jo‘natdi. Ularning 1,8 million tonnasi O‘zbekistonga, 600 ming tonnasi Tojikistonga, 100 ming tonnasi Turkmaniston va Qirg‘izistonga jo‘natildi, deb xabar beradi @sputnikKZ.

"Sentyabr oyining 12 kunida Markaziy Osiyo mamlakatlariga 132 ming tonna jo‘natildi - bu 2023 yil sentyabr oyiga nisbatan 2,5 barobar ko‘p. Oy oxiriga kelib don yetkazib berish hajmi qariyb 250 ming tonnani tashkil etadi", - deyiladi Qozog‘iston milliy temiryo‘l kompaniyasi xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!