Qozog‘iston televideniyesida ilk virtual boshlovchi paydo bo‘ldi

Qozog‘iston televideniyesida ilk virtual boshlovchi paydo bo‘ldi

Qozog‘iston televideniyesida birinchi virtual boshlovchi paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Kazinform.

Antiqa yangilikni Atameken Business telekanali taqdim etdi. Robotning prototipi – taniqli aktyor Sanjar Madi. Bu haqda telekanal direktori Qanat Saxariya o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi. 

«Bizning Atameken Business telekanali Qozog‘istonda ilk marotaba i-Sanj virtual boshlovchi dasturini yaratdi. E’tiborlisi shundaki, dastur to‘liq Qozog‘istonda ishlab chiqarildi. Loyihani amalga oshirish uchun 1 yilga yaqin vaqt ketdi. Biz sun’iy intellektni televideniyega kiritish orqali kelajakka shaxdam qadamlar bilan boryapmiz», - dedi u. 

i-Sanj har kuni 14:00da «Dnevnoy format» dasturidagi Bloomberg eksklyuziv sharhini olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!