Qozog‘iston pandemiya va unga bog‘liq tahdidlarning eng yomon ssenariylariga tayyorlanmoqda

Qozog‘iston pandemiya va unga bog‘liq tahdidlarning eng yomon ssenariylariga tayyorlanmoqda

Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik Kengashining majlisida N. Nazarboyev pandemiyaning global “ikkinchi to‘lqini” bo‘lgan taqdirda resurslarni tayyorlash, keng qamrovli profilaktika choralarini ishlab chiqish zarurligini, shuningdek, kasallanish darajasini ishonchli baholash va prognozlash muhimligini aytgan.

“Inqirozdan keyingi davrda rivojlanish prognozlarini, tahdid va imkoniyatlarning kontseptual ko‘rinishini ishlab chiqish zarur. Dunyoda mavjud vaziyatni hisobga olgan holda rivojlanish rejasiga yana bir bor nazar tashlashimiz kerak. Biz pandemiya va unga bog‘liq tahdidlarning eng yomon ssenariysiga tayyor bo‘lishimiz kerak”, dedi Xavfsizlik Kengashi Raisi.

Uchrashuv davomida huquqni muhofaza qilish idoralariga jinoyatchilik holatining yomonlashuvi va jinoyatchilik o‘sishining oldini olish, shuningdek profilaktika choralarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!