Qoraqalpog‘istonda ham IIB xodimi fuqaroni kaltaklab o‘ldirgani aytilmoqda

Qoraqalpog‘istonda ham IIB xodimi fuqaroni kaltaklab o‘ldirgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Dauletmuratova Sapargul Tleubayevnaning ukasi Dauletmuratov Baxtiyar Tleubayevichni Taxiatash tumani IIB profilaktika inspektori Baymuratov Salamat tomonidan olib ketilib, tuman IIBda ukasiga tan-jarohat yetkazilganligi sababli vafot etganligi to‘g‘risida xabar tarqalgan edi.

Ushbu holat bo‘yicha qo‘yidagilar ma’lum qilinadi.

Hozirgi kunda Dauletmuratov Baxtiyar Tleubayevichning o‘limi holati yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat bo‘yicha Taxiatash tumani IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi va marhum B.Dauletmuratovning o‘limi sabablirini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur tergovga qadar tekshiruv harakati shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori nazoratiga olingan.

Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Curxondaryoda IIB xodimlari erkak kishini do‘pposlab, o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!