Qoraqalpog‘istonda Cobalt’ning ag‘darilib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda Cobalt’ning ag‘darilib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida 28 oktyabr kuni soat 21:30 atrofida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, A-380 «G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu» avtoyo‘lining 817-kilometrida harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, o‘ng tarafga ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va bir kishi tan jarohati olgan. Jarohatlangan fuqaro Shumaniy tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

«Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi FVV axborotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!