Qiziq! Bankomat oldida navbatda turganlarni qo‘lga olishmoqda. Nega?

Qiziq! Bankomat oldida navbatda turganlarni qo‘lga olishmoqda. Nega?

Naqd pul yetishmovchiligi kuzatilayotgan bir sharoitda Turkmanistonning Lebap viloyatida bankomatlar oldida navbatda turib naqdni olishga harakat qilayotgan odamlarni ushlashmoqda.

"Minbar.uz" nashrining xabar berishicha (xabarni Tarjumon.uz tarjima qilgan), ushlab olib ketilganlarni so‘roq qilib, qayta navbatda turmaslik talabi bilan qo‘yib yuborishmoqda.

Mahalliy davlat idoralari va boshqa tashkilotlar ham majlislarida o‘z xodimlaridan bankomatlar oldida navbat tashkil qilmasliklarini talab qilishmoqda.

Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov 19 avgustda pulga navbatda turgan odamlarni TVda tanqid qilgan edi va Markaziy bank raisi Merdan Annadurdiyevni “bankomatlar ishini nazorat qilishni susaytirgani uchun“ tanbeh bergan.

Turkmanistonda davlat xizmatchilarining maoshlari, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, shuningdek, fermerlarning daromadlari 100 foiz bank kartalariga o‘tkaziladi.

Turkmaniston fuqarolari uchun naqd pul olish limiti kuniga 100 manat ($28)ni tashkil etadi. Odamlar ko‘pincha pul olish uchun bankomatlar oldida uzoq vaqt qolib ketadi, chunki bankomatlarda banknotalar tez tugab qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!