Qirg‘izistondan Namanganda daryo orqali og‘u olib kirilganligi ma’lum bo‘ldi

Qirg‘izistondan Namanganda daryo orqali og‘u olib kirilganligi ma’lum bo‘ldi

Namangan. 2020 yil 03 iyul kuni soat 23:00 da  59 yoshli S.K. Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi «M» ismli shaxs bilan jinoiy til biriktirib bojxona nazoratini chetlab, «M»ning yordamida Qirg‘iziston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasini ajratib turuvchi, bojxona nazorati o‘rnatilmagan «Norin» daryosi orqali, daryoning Qirg‘izistondagi qirg‘og‘idan O‘zbekistondagi qirg‘og‘iga qarab, baliq tutishga mo‘ljallangan qarmoq yordamida «gashish» giyohvandlik vositasini olib o‘tkazganidan so‘ng, S.K. ushbu giyohvandlik vositasini yashash uyi darvozaxonasiga olib borib, yashirib qo‘ygan.

Shundan so‘ng, S.K. o‘zining tanishi 44 yoshli R.A. bilan jinoiy til biriktirib, 2020 yil 05 iyul kuni 513,53 gramm «gashish» giyohvandlik vositasini 3.500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, shu kunning o‘zida S.K., ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash uyida 0,21 gramm «marixuana», 13,47 gramm «gashish» va 0,74 gramm “ko‘knor somoni” giyohvandlik vositalarini saqlab kelganligi aniqlanib, mazkur vositalar prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilib, S.K. va R.A., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!