Qirg‘izistonda qo‘yga tish qo‘ydirishdi

Qirg‘izistonda qo‘yga tish qo‘ydirishdi

Talas viloyatida chorvador qo‘y normal ovqatlanishi uchun unga tish qo‘ydirdi.

Bunda nafaqat jonivorga g‘amxo‘rlik, balki iqtisodiy manfaat ham bor - suratda go‘shtbop "Arashan" zotli qo‘y.
Qo‘zichoq narxi 500 $, katta qo‘y esa 5000 $ sotilmoqda. Ayrim zotdor qo‘ylarning narxi bir necha o‘n minglab $ga yetishi mumkin.

Respublikada jami 6 mingga yaqin bu zotli qo‘y boqilmoqda. Yaqinda ularga chip o‘rnatish boshlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!