Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonni bog‘laydigan tunnel qurish taklif qilindi

Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonni bog‘laydigan tunnel qurish taklif qilindi

Keltirilishicha, Sadir Japarovning Talas viloyati bo‘yicha vakili Bakitbek Narbekov bu haqda ma’lumot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha Sovet Ittifoqi davrida ishlab chiqilgan, lekin amalga oshirilmagan.

«Biz loyihani qayta boshlash uchun investorlarni qidirmoqdamiz. Tunnel uzunligi 5,7 kilometr bo‘lishi kerak. Agar u qurilsa, Talas va Toshkent orasidagi masofa 630 kilometrdan 120 kilometrgacha qisqaradi. Hozir Talas viloyati faqat Qozog‘iston bilan iqtisodiy aloqalarga ega. Ammo tunnel qurilganidan keyin u O‘zbekiston bilan savdo, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik qila oladi. Toshkent viloyatida 18 ta tuman mavjud bo‘lib, aholisi 8 millionga yaqin. Bu biz uchun yangi bozor bo‘ladi. Tunnel loyihasi 1 milliard so‘mgacha baholangan», — degan Narbekov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!