Qatar va AQSh tashqi ishlar vazirlari G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi

Qatar va AQSh tashqi ishlar vazirlari G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi

Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Al Sani va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini tugatish bilan bog‘liq voqealarni muhokama qildi.

Qatar Tashqi ishlar vazirligidan berilgan bayonotga ko‘ra, Al Sani va Blinken telefon orqali muloqot qilgan.

Suhbat chog‘ida tomonlar «Qatar va AQSh o‘rtasidagi yaqin strategik munosabatlar va bu munosabatlarni yaxshilash yo‘llarini» muhokama qildilar.

Vazirlar, shuningdek, «G‘azo va bosib olingan Falastin hududlaridagi so‘nggi o‘zgarishlar va Isroilning G‘azoga hujumlarini to‘xtatishga qaratilgan mushtarak vositachilik harakatlari»ni ham muhokama qildilar.

7 oktabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 39 145 falastinlik, jumladan 16 172 bola va 10 798 ayol halok bo‘ldi, 90 257 nafari yaralandi.

Minglab o‘lganlarning jasadlari vayronalar ostida qolmoqda, fuqarolik infratuzilmasi vayron qilingan: odamlar boshpana topadigan kasalxonalar va ta’lim muassasalariga hujumlar uyushtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!