Qashqadaryoda kuchli shamol tufayli tomlar uchib, yuzlab uylar “svetsiz” qoldi

Qashqadaryoda kuchli shamol tufayli tomlar uchib, yuzlab uylar “svetsiz” qoldi

Joriy yilning 26-27 iyul kunlari Qashqadaryoda kuchli shamol va chang bo‘roni kuzatildi. Oqibatda tomlar uchdi va yuzlab xonadonlar elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qoldi. Bu haqda viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kuchli shamol Koson va Chiroqchi tumanlarida, shuningdek Qarshi shahrida kuzatilgan. “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJning ma’lum qilishicha, viloyatdagi elektr tarmoqlarining 5-10 foiziga jiddiy shikast yetgan. Talafotlarni bartaraf etish uchun 60 dan ortiq guruh tuzilgan, ular kecha-yu kunduz ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Xabarga ko‘ra, shamol oqibatida Qarshi shahar “Gungon” MFYda joylashgan 3-sonli ko‘p qavatli uy-tom qismining 80 metr kvadrat tunuka qoplamasi zararlangan.

Avvalroq, “O‘zgidromet” 25—26-iyul kunlari respublikaning ba’zi viloyatlarida shamol tezligi soniyasiga 25-30 metrgacha kuchayishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!