Qashqadaryoda boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi YTH sodir qildi

Qashqadaryoda boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi YTH sodir qildi

Joriy yilning 29 mart kuni soat 05:15 larda, Qashqadaryo viloyati hududida, 4K-284 “Ammog‘on-Chorshanbe” avtomobil yo‘lining 4-km.da, 1997 y.t. haydovchi U.E. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-2” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1970 y.t. haydovchi H.SH. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir qilgan.

Natijada: “Neksiya-2” rusumli transport vositasi haydovchisi U.E. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

«Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganingizda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!