Qashqadaryoda 50 ming so‘mlik pora ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda 50 ming so‘mlik pora ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Respublikamizda korrupsiya­ga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz ichki ishlar organlari va uning harbiy tuzilmalarida ham bu borada e’tiborga molik ishlar qilinyapti. 

"Postda.uz"ning yozishicha, IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli Qarshi shahridagi harbiy qism atrofida bir fuqaro xuddi narsasini yo‘qotganday uch-to‘rt kun aylanib yuradi. Notanish fuqaroning xatti-harakatini kuzatgan shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi, oddiy askar Anvarjon Nazarqulov shubhali shaxsni suhbatga tortadi.

Suhbat asnosida fuqaro shu yerdagi jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan tanishi bilan uchrashish niyatida ekanligini bildiradi. Gap orasida harbiy xizmatchiga agar yordam bersa, bu «xizmati» uchun mo‘maygina pul berishini ham qistirib o‘tadi.

Harbiy xizmatchi Anvarjon Nazarqulov shubhali shaxsning niyatini bilgach, kutib tursa, vaziyatni o‘rganib chiqib, javobini aytishni ma’lum qiladi. So‘ng bu haqda rahbariyatga bildirgi bilan murojaat etadi.

Holat yuzasidan vakolatli idoralarga xabar berilib, maxsus tadbir o‘tkazildi. Natijada fuqaro X. X. oddiy askar A. Nazarqulovga 50 ming so‘mni pora sifatida bergan paytda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Ayni vaqtda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!