Qariyb 7000 ta onlayn qimor saytlari bloklandi

Qariyb 7000 ta onlayn qimor saytlari bloklandi

Qozog‘istonda 6639 ta onlayn kazino va bukmekerlar bloklandi. Bu haqda mamlakat Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yana 1237 ta internet resurslar faoliyati qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bunday saytlarni aniqlashda Bosh prokuratura, Moliyaviy monitoring agentligi va Ichki ishlar vazirligi ham ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, Qozog‘istonda yil boshidan buyon noqonuniy lotereyalar tashkilotchilariga nisbatan 103 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Sudlar tomonidan 48 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan

“Vazirlik fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va onlayn xizmatlar bozorida tartibni saqlash maqsadida ushbu sohalardagi noqonuniy xatti-harakatlarni nazorat qilish va bartaraf etishda davom etadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik allaqachon qimor biznesida davlat nazoratini kuchaytirishni, shuningdek, davlat apparatida giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!