Qahramon onalarning qahramon o‘g‘lonlari yana bir bor xotirlandi

Qahramon onalarning qahramon o‘g‘lonlari yana bir bor xotirlandi

“Nima bo‘lsa bo‘lsin – urush bo‘lmasin” – deya yozgan edi o‘zbekning ardoqli shoiri. Ha, Mustaqillik minglab insonlarning peshona teri, orzu va intilishlari, sa’y-harakatlari bilan qo‘lga kiritildi. Bu ne’mat har qanday sharafdan, go‘zal ta’riflardan, maqtovlardan baland turadi. Bir so‘z bilan aytganda, shu yurtning har bir fuqarosi bu kunni o‘z tug‘ilgan kuni singari nishonlashga, bayram qilishga haqli.

Toshkent harbiy okrugi Qo‘shinlari Qo‘mondonligi tomonidan tashkil qilingan tadbir ham bayram arafasidagi bayramga aylandi. Unda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jonlarini qurbon qilgan o‘g‘lonlarimizning yaqinlari, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila-a’zolari, do‘stlari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati

Tantanali qismni Toshkent harbiy okrugi Qo‘shinlari Qo‘mondoni vazifasini vaqtincha bajaruvchi, podpolkovnik Shokir Xairov ochib berib, aziz tuprog‘imizni ko‘z qorachig‘iday avaylab, barchaga mardlik va qahramonlikda namuna bo‘lgan marhum o‘g‘lonlarimizning nomi doimo barhayot ekanini ta’kidlab o‘tdi. 

Tadbir davomida marhum harbiy xizmatchilarning oilalariga Mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan pul mukofotlari tantanali topshirildi.

– O‘g‘lim Elomon ko‘rsatgan jasorat meni doim g‘ururlantiradi, – deydi qahramon yigitning onasi Yanglish aya. – O‘g‘lim Vatanini ota-onasidan, yaqinlaridan ham ortiqroq ko‘rdi. Qishlog‘imizda unga o‘xshashga intilib, harbiy xizmatga mehrga qo‘ygan yigitlar ko‘paymoqda. Demak, bizning tarbiyamiz zoye ketmabdi. Harbiylarimizning doimiy yo‘qlovlaridan boshimiz ko‘kka yetdi. Ularga omonlik tilayman. 

Uchrashuvda Chirchiq garnizoni harbiy orkestr jamoasi hamda harbiy ansambl yakkaxon ijrochilarining musiqiy chiqishlari, “Navqiron” guruhining dilgir qo‘shiqlari, so‘z ustalarining ajab suxanlari barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

    


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!