Putin va Erdo‘g‘on Sochida muzokara o‘tkazadi

Putin va Erdo‘g‘on Sochida muzokara o‘tkazadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni Sochida turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashadi.

Kremlda avvalroq xabar qilinganidek, mintaqaviy muammolar – Ukraina va Suriya atrofidagi vaziyat, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik mavzusi, jumladan, energetika loyihalari, harbiy-texnikaviy hamkorlik Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muzokaralar kun tartibida bo‘ladi.

“Muzokaralar ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlanadi – bu birinchi navbatda iqtisodiyot, mintaqaviy muammolar muhokamasi – Suriya va Ukraina”, - dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki prezidentning uchrashuvi Ukraina portlaridan g‘alla eksport qilish mexanizmi samaradorligi bo‘yicha “soatlarni sinxronlashtirish” uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Odessadan g‘alla bilan birinchi reys qanday o‘tgani haqida fikr almashiladi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!