Putin koronavirusga qarshi nega aynan sariq rangdagi kiyimni kiydi? (VIDEO)

A A A
Putin koronavirusga qarshi nega aynan sariq rangdagi kiyimni kiydi? (VIDEO)

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin Kommunarka qishlog‘ida koronavirusga chalinganlar davolanayotgan kasalxonaga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

Putin kasalxonaga sariq rangdagi himoya kiyimida kirgandi. Ana shu kiyim muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Putinning kasalxonadagi surati tarqalgach, o‘quvchilar sariq rangni o‘zgacha talqin qila boshlashdi. Kasalxonada davolanayotgan bemorlardan biri Dmitriy Garkavi esa Putinning boshqalardan farqli ravishda noodatiy rangdagi kiyimni tanlaganiga e’tibor qaratdi.

Nihoyat, prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu masalaga shunday nuqta qo‘ydi: "Prezidentga shu rangdagi kiyimni berishdi. Bu hech qanday ma’noni anglatmaydi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!