Putin AQSh O‘QRBShdan chiqsa Rossiya nima qilishini aytdi

Putin AQSh O‘QRBShdan chiqsa Rossiya nima qilishini aytdi

AQSh O‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnoma (O‘QRBSh) doirasidagi qurolga ega bo‘lishni istasa, Rossiya ham shunday qiladi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin jurnalistlarga ma’lum qilgan.
 
Prezident AQSh 2002 yilda bir tomonlama tartibda Raketaga qarshi mudofaa shartnomasidan chiqqanini eslatib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bu shartnoma xalqaro xavfsizlikning o‘tkirburchakli toshi hisoblanadi.
 
“Ahamiyatlisi, ular uyalmasdan, hotirjamlik bilan shartnomadan chiqdi. Hech qanday izoh ham bermadilar, shunchaki tark etishdi vassalom. Endilikda o‘sha voqea bugun ham takrorlanyapti. Fikrimcha, ular o‘zlarining yaxshi o‘ylab ko‘rilmagan qarorini boshqa birovga ag‘darishga urinyapti”, degan Putin.
 
Shu bilan birga Putin O‘QRBSh doirasidagi qurollarni faqatgina AQSh va Rossiya ishlab chiqarmayotganini aytgan.
 
“Darhaqiqat, ko‘pgina mamlakatlar, ularning soni balki o‘ndan ortiqdir bunday qurolni ishlab chiqaryapti. Rossiya va AQSh esa o‘zlariga ikki tomonlama kelishuvda buni cheklagan. Endilikda, aftidan bizning amerikalik sheriklarimiz vaziyat jiddiy o‘zgargan deb hisoblab, AQSh o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarga ega bo‘lishi kerak deb o‘ylayapti. Biz tomondan qanday javob bo‘ladi? Juda oddiy: biz ham shunday qilamiz”, deb so‘zini yakunlagan Rossiya rahbari.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!