“Professional” o‘g‘irlik: 8-sinf o‘quvchilari qo‘lga olindi

“Professional” o‘g‘irlik: 8-sinf o‘quvchilari qo‘lga olindi

Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida shu yil 24 oktyabr kuni  noma’lum shaxslar “Pastki So‘loqli” MFYda yashovchi, SH.T.ning uyiga deraza orqali kirib, hovlisidagi molxonasidan 2 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Pastki So‘loqli” MFYda yashovchilar, 50-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchilari A.J. va I.M.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar. Tergov davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!