Prezidentning qizi Yangi yilni qayerda kutib olishi haqida ma’lum qildi

Prezidentning qizi Yangi yilni qayerda kutib olishi haqida ma’lum qildi

Qozog‘iston Parlament Senati deputati Darig‘a Nazarboyeva Yangi yilni qanday va qayerda kutib olishi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda «Tengrinews» xabar berdi.

«Yangi yilni doim oila davrasida, onam va otam bilan kutib olamiz. Butun oilamiz, farzandlar, nevara va evaralar yig‘iladi. Yangi yilni Olmaotada ota-onamizning uyida kutib olamiz. Bu kunni hamma intizorlik bilan kutadi», — deydi senator Ostonadagi jurnalistlarni taqdirlash marosimidan so‘ng.

Darig‘a Nazarboyevaning so‘zlariga ko‘ra, bu butun oila bir yerda jam bo‘lib, muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladigan kun. Senat deputati oila a’zolari va yaqinlariga sovg‘ani qanday tanlashi bilan bo‘lishdi.

«Onam, masalan, tabiiy uyda o‘stiriladigan gullardan boshqa sovg‘a qilmasliklarini istaydi. Unga «o‘lik», ya’ni uzilgan gullar sovg‘a qilishlarini yoqtirmaydi. Shu yo‘l bilan biz uyimizni o‘simliklarga to‘ldiramiz. Bolalar esa albatta o‘yinchoq va kompyuter o‘yinlari sovg‘a qilishlarini istaydi. Kattalar esa ramziy e’tibor belgilarini. Ya’ni bu yerda qozog‘istonliklarni hayratga solish borasida hech narsa ayta olmayman, biz hamma singari oddiy oilamiz, xuddi shunday quvnaymiz va ular kabi yig‘ilishini yoqtiramiz. Va albatta onamning beshbarmoq taomlarini yeyish mazza. Bugun onam bizlar uchun o‘z qo‘llari bilan qazi tayyorlayapti. Onam milliy taomlar tayyorlashga juda usta», — deydi senator.

daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!