Prezident Zoyir Mirzayev nomzodini Toshkent viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi

Prezident Zoyir Mirzayev nomzodini Toshkent viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada Toshkent viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqilmoqda.

Prezidentimiz 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Mirzayev Zoyir Toirovich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Nomzod bo‘yicha muhokamalarni boshlashdan avval so‘zni nomzodga berib, uning 10 oy davomida viloyatda to‘plagan tajribasi va xulosalari asosida kelgusida hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!