Prezident qariyb 100 nafar mahbusni afv etishdan bosh tortdi

Prezident qariyb 100 nafar mahbusni afv etishdan bosh tortdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 99 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarini rad qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston TojikTAga tayanib xabar qilmoqda.

Tojikiston Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu shaxslarning iltimosnomalari ko‘rib chiqqilgandan so‘ng ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasi tufayli rad etilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, mahkumlarning shaxsi, yetkazilgan zarar miqdori, qamoqxonalardagi xulq-atvori va Tojikiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya taqdimnomasi ham inobatga olingan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!