Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda qanday cheklovlar o‘rnatilmoqda?

Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda qanday cheklovlar o‘rnatilmoqda?

Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda quyidagi vaqtinchalik cheklovlar ham o‘rnatilmoqda:

— jamoat tartibini, o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma ob’ektlarini muhofaza qilish kuchaytiriladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida harakatlanish erkinligi, shu jumladan, transport vositalari harakati cheklanadi;

— jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari tekshiriladi, ularning shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ulardagi ashyolar va transport vositalari ko‘zdan kechiriladi;

— tinch yig‘ilishlar, ko‘ngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishi taqiqlanadi;

— yuridik shaxslar faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatishga qaratilgan ish tashlashlar va boshqa har qanday harakatlar taqiqlanadi;

— qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilishi taqiqlanadi.

— shuningdek, dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etiladi.

— jismoniy shaxslardan qurol va o‘q-dorilar, zaharli moddalar, yuridik shaxslardan esa qurol, o‘q-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va o‘quv-harbiy texnika, portlovchi va radiaktiv moddalar vaqtinchalik olib qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!