Prezident ayrim vakolatlarini parlamentga bermoqchi

Prezident ayrim vakolatlarini parlamentga bermoqchi

O‘zbekiston Prezidentining ayrim vakolatlari Oliy Majlisga o‘tkazilishi kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 iyun kuni Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Hukumatni shakllantirish va uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda Oliy Majlisning vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli qoidalarni Asosiy qonunimizda belgilashimiz zarur.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarini tayinlash bo‘yicha farmon Senat tomonidan tasdiqlanishi tartibini joriy etishni taklif etaman.

Hukumat tomonidan tayyorlangan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yillik milliy ma’ruzani muhokama qilish masalasini parlamentimiz vakolatiga kiritish lozim”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarining konstitusiyaviy asoslarini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish kerakligiga ham to‘xtalgan.

“Shu maqsadda men Prezidentning ayrim vakolatlarini Oliy Majlisga o‘tkazishni taklif etaman. Misol uchun, Hisob palatasi raisini lavozimga tayinlash va ozod qilish vakolatini Senatga o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bu orqali Hisob palatasi Davlat byudjeti shakllanishi va ijrosini ta’minlashda parlament nazoratining muhim vositasiga aylanadi”, deya qo‘shimcha qilgan davlat rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!