Pentagon Ukrainaga 2,175 milliard dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qildi

 Pentagon Ukrainaga 2,175 milliard dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qildi

Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, AQShning yangi harbiy yordam paketiga Hawk havo mudofaa tizimlari va yuqori aniqlikda boshqariladigan raketalar, shuningdek, taxminan 150 km ucha oladigan HIMARS, Javelin va GLSDB raketalari uchun snaryadlar kiradi.

Rayderning qayd etishicha, paket ikki qismdan iborat. 425 million dollar miqdoridagi yordam Pentagon zaxirasidan ajratiladi, yana 1,75 milliard dollar Ukraina uchun yetkazib beruvchilardan qurol sotib olishga sarflanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!