Pekinning “asabiga tegmaslik”ka chaqirilgan edi

Pekinning “asabiga tegmaslik”ka chaqirilgan edi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Singapurdagi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasi sammiti yakunidan so‘ng Vashington va uning ittifoqchilarini Janubi-Xitoy dengizi Xitoy nazoratida ekanligi bilan murosa qilishga, bu hududda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib, Pekinning “asabiga tegmaslik”ka chaqirgan edi. 

“Reuters“ning yozishicha, Bugun Singapurdagi chiqishida AQSh vise-prezidenti Mayk Pens ayni chaqiriqqa e’tiroz bildirgan. Uning bayonotiga ko‘ra, Janubi-Xitoy dengizi akvatoriyasi hech bir davlatga tegishli emas, Amerika ushbu hudud orqali kemalar qatnovi va samolyot parvozlarini amalga oshirishda davom etadi. 

“Janubi-Xitoy dengizi hech bir davlatga tegishli emas, men ishontiramanki, Qo‘shma shtatlar xalqaro huquqlardan foydalangan holda va milliy manfaatlar asosida istalgan hudud orqali yuk tashish va parvozlarni amalga oshiradi”, degan Pens agentlik keltirgan iqtibosda. 

Janubi-Xitoy dengizidagi Sisha orollari va Nansha arxipelagi bo‘yicha hududiy bahslar mavjud. Ularga Xitoy, Bruney, Vyetnam, Malayziya, Filippin da’vo qilib kelmoqda. 2013 yildan buyon Pekin sun’iy orollarni bunyod etish va o‘z hududini kengaytirish maqsadida akvatoriyada keng ko‘lamli gidrotexnik va qurilish ishlarini olib bormoqda. 

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!