Paxtaobod tumanida yuk avtomobilida yong‘in chiqdi

Paxtaobod tumanida yuk avtomobilida yong‘in chiqdi

Joriy yilning 9 iyun kuni soat 10:50 larda, Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Sersuv ko‘chasida, haydovchi U.A. "Gaz-53" rusumli yuk avtomobilda harakatlanayotib dvigatel qismida qisqa tutashuv bo‘layotganligini payqagan va transport vositasini to‘xtatgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilning dvigatel hamda salon qismlariga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Paxtaobod tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!