«Otamni sanatoriyaga yuborganim uchun moddiy yordam ololmaymanmi?»

«Otamni sanatoriyaga yuborganim uchun moddiy yordam ololmaymanmi?»

– Yaqinda otamni kasaba uyushmasi tomonidan berilgan yo‘llanma asosida sanatoriyga jo‘natgandim. Bir haftadan so‘ng moddiy yordam uchun murojaat qilganimda, yo‘llanma olganim uchun moddiy yordam keyinroq berilishini aytishdi. Shu to‘g‘rimi?

Ismi sir tutildi

Axror Sulaymonov, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi:

— Ta’til to‘lovi olish yoki sanatoriyga yo‘llanma olish bilan birga yoki keyinroq moddiy yordam olish masalasi har bir korxona, tashkilot va muassasaning jamoa shartnomasida belgilanadi. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishini taraflar, ya’ni ish beruvchi va xodimlarning vakillik organi belgilaydi. Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensasiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar, xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatib olish shartlari, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddatlari, ishni ta’lim bilan qo‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar, ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta va boshqa masalalar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlar va shartlar kiritilishi mumkin.

Shunday ekan, ciz o‘zingiz ishlayotgan tashkilotning jamoa shartnomasi bilan tanishib chiqishingiz lozim. Agar jamoa shartnomasida kasaba uyushmasi tomonidan sanatoriyga yo‘llanma berilganidan so‘ng, moddiy yordam keyinroq berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, u holda ish beruvchining xatti-harakatlari asosli hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!