Otabek Murodovga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qo‘llanilgan?

Otabek Murodovga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qo‘llanilgan?

O‘zbekiston Oliy sudi sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega emas. Bu haqda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi raisi Ikrom Muslimov seshanba kuni Axboro va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

«Gazeta.uz» muxbiri Otabek Murodovga nisbatan qanday turdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida savol berdi. Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan edi.

«Bugungi kunda biz bunday ma’lumotga ega emasmiz, siz huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishingiz mumkin… Bizda Otabek Murodovga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi bo‘yicha materiallar yo‘q», — dedi Ikrom Muslimov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!