Ortiqxo‘jayev matbuot xizmati rahbari: Bilaman, yangi joyda oson bo‘lmaydi

Ortiqxo‘jayev matbuot xizmati rahbari: Bilaman, yangi joyda oson bo‘lmaydi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining yangi rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev OAV bilan qanday qilib samarali ish olib borishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mahmudxo‘jayevning o‘zi aytib berganidek, uning yangi ishga tayinlanishi haqidagi xabar tarqalgach, tanishlar uni tabriklay boshladilar, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali.

"Ular menga "eng noshukur ishda va lavozimda muvaffaqiyat tilashdi", - dedi u va bu lavozim otuvga hukm qilinganlar uchun deya hazil bilan qo‘shib qo‘ydi.

Biroq, u qiyinchiliklarga qaramay, Toshkent shahri manfaati uchun ishlashni xohlashini tan oldi.

“Men o‘z ishimda minimal va maksimal vazifalarni belgiladim. Minimal vazifa - bu hokimiyat matbuot xizmatining ishi, bu yerda allaqachon ish olib boradigan jamoa shakllangan, ko‘p narsaga erishgan va mening vazifam - bu davlat hokimiyati idoralari va mahalliy hokimliklarning hududiy matbuot xizmatlari ishini tashkil etish va ularga yordam berish, ularning faoliyatini Toshkent axborot hududiga integrasiya qilish. Maksimal vazifa: o‘z lavozimim - Toshkent shahar hokimligining matbuot kotibi va hokimning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan kelib chiqqan holda, jurnalistlar va blogerlarning qarashlari va nashrlariga qaramay, biz birgalikda ishlashimiz, bir-birimizga yordam berishimiz, fikrlarimizni hisobga olishimiz, rivojlanish tendensiyalarini bashorat qilishimiz kerak", - dedi u.

"Biz o‘z jamoamiz bilan tezda ishlashga harakat qilamiz, aloqa kanallari mavjud, biz bularning barchasini jamlaymiz va bu shaharni rivojlantirish uchun eng yaxshi usul bo‘ladi deb o‘ylayman", - deya yakunladi matbuot xizmati rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!