"OnePlus 6T" smartfonini sotib olish uchun yuzaga kelgan navbat "iPhone XS"nikidan ko‘p bo‘ldi

"OnePlus 6T" smartfonini sotib olish uchun yuzaga kelgan navbat "iPhone XS"nikidan ko‘p bo‘ldi

"OnePlus 6T" smartfonining rasmiy taqdimoti o‘tgan dushanba kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan, 1 noyabrdan esa "T-Mobile" operatori Tayms-skverdagi flagman do‘konlarida qurilmaning eksklyuziv savdosini boshlagan edi.

Kattaligi bo‘yicha AQShning uchinchi mobil aloqa operatori hisoblangan "T-Mobile" bayonotiga ko‘ra, "OnePlus" kompaniyasining yangi smartfonini sotib olish uchun navbatda turgan odamlar soni "Apple"ning sentyabrda chiqarilgan "iPhone XS" qurilmasi uchun navbatda turgan odamlar sonidan ancha oshib ketgan.

"T-Mobile" aynan qancha "OnePlus 6T" smartfonini sotganini oshkor qilgani yo‘q, biroq bu smartfon "OnePlus" kompaniyasining eng ko‘p sotilgan qurilmasiga aylanishini hozirdan taxmin qilish mumkin.

"OnePlus 6T" smartfonining AQShdagi narxi 549 dollardan boshlanadi.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!