Ona tilim, buyuklikda eng baland tog‘san!

Ona tilim, buyuklikda eng baland tog‘san!
Til – millatning ma’naviy boyligi. Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
 
Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunish va muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolish uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxr-iftixor tuyadi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham har bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.
 
Poytaxtimizning Chilonzor tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 164-umumta’lim maktabida oktyabr oyi “Ona tili va adabiyoti” fanlari oyligi deb e’lon qilingan edi. Oylik doirasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Ona tilim, buyuklikda eng baland tog‘san!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston “Milliy Tiklanish» demokratik partiyasi bilan xamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda shu haqda so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Unda shoirlar, soha mutaxassislari, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
 
Shuningdek, mazkur fan oyligi doirasida o‘qituvchilar tomonidan ochiq darslar, turli ko‘rik-tanlovlar va tadbirlar ham o‘tkaziladi. Jumladan, insholar ko‘rik-tanlovi, ”Ertaklar –yaxshilikka yetaklar” teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, “Ommaviy diktant” tadbirlari tashkil etilib, unda faol qatnashgan va g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Bu kabi qo‘llab-quvvatlash yosh avlodning o‘z ona tili, millati, Vataniga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qiladi.
 
– Maktabimizda turli fan oyliklari muntazam o‘tkaziladi, – deydi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Salima Qurbanova. – Shu oyliklar o‘quvchilarni birlashtirishga, ularning iqtidorini namoyish qilishida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, “Ona tili va adabiyoti” fan oyligi o‘g‘il-qizlarimizda katta qiziqish uyg‘otadi. Ijodkor o‘quvchilarimiz o‘z she’rlarini taqdim etadi. Insholar tanlovi ko‘plab iste’dod egalarini aniqlashga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, ishtirokchilarni to‘g‘ri yozish, ifodali o‘qish va mustaqil fikrini bayon etish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!