Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi boks bo‘yicha turnir Iordaniyaga ko‘chirildi

Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi boks bo‘yicha turnir Iordaniyaga ko‘chirildi

3-14 fevral kunlari boks bo‘yicha Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilishi belgilangan lisenzion musobaqa xavfli koronavirus sabab bekor qilingan edi. O‘zbekiston MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqa Iordaniyaga ko‘chirilgan.

«Tashkiliy qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston boks federasiyasiga yuborilgan xatda ma’lum qilinishicha, Osiyo va Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga lisenziya beruvchi musobaqa 3-11 mart kunlari Iordaniyaning Oman shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi» - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 17 yanvardan buyon Uxan shahrida tayyorgarlik ko‘rayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi koronavirus sabab muddatdan avval Toshkentga qaytib kelishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!