Olimlar koronavirusni zararsizlantiruvchi burun spreylarini yaratishdi

Olimlar koronavirusni zararsizlantiruvchi burun spreylarini yaratishdi

Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti olimlari tomonidan koronavirus yuqishining oldini olishga qodir burun sprey ishlab chiqildi,  deb xabar qildi Sky News.

Ushbu spreyni tadqiqotdan o‘tkazganlarning aytishicha, sprey koronavirus infeksiyasini burunnning o‘zida zararsizlantiradi. Sprey tomchilari burundagi virusni o‘rab olgani sababli kasal odam aksirishi yoki yo‘talishi orqali tashqariga chiqadigan virus zarralarining boshqa odamga yuqish ehtimoli kamroq bo‘ladi.

«Garchi bizning burunlarimiz har kuni minglab litr havoni filtrlasa-da,  burnimizda infeksiyadan katta himoya mavjud emas va havo orqali yuqadigan viruslarning aksariyati burun yo‘llari orqali yuqadi. Biz ishlab chiqqan purkagich aynan o‘sha himoya vositasini taqdim qiladi. Shu bilan birga u virusning odamdan odamga yuqishining oldini ham oladi» deydi yetakchi tadqiqotchilardan biri professor Liam Grover.

Laboratoriya tajribalari shuni ko‘rsatdiki,  spreyni ishlatgan odam ikki kungacha infeksiyani yuqtirib olishdan himoya qilingan bo‘ladi. Olimlarning ta’kidlashicha,  ushbu spreydan muntazam foydalanish koronavirus kasalligi yuqishini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!