Olimlar “antikovid” saqich yaratishdi

Olimlar “antikovid” saqich yaratishdi

Olimlar “antikovid” saqich yaratishdi. Bunday vosita qanday foydali bo‘lishi mumkinligini bilib oling.

Olimlar so‘lakdagi koronavirusni zararsizlantiradigan saqich yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Pensilvaniya universiteti saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.

Tadqiqot muallifining so‘zlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 so‘lak bezlarida ko‘payadi. Virus ko‘pincha kasal odam aksirganda, yo‘talganda yoki shunchaki gapirganda tarqaladi.

Ushbu saqich tupukdagi virusni zararsizlantirishga imkon beradi, bu bizga infeksiyaning tarqalishini kamaytirishning oson yo‘lini beradi, - dedi mutaxassis.

Buning uchun olimlar o‘simlikka asoslangan ACE2 proteinini yetishtirdilar, bu og‘ir infeksiyalari bo‘lgan odamlarda virus yukini kamaytiradi. Keyin ma’lum bo‘ldiki, saqich viruslar yoki virusli zarrachalarning hujayralarga kirishiga to‘sqinlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, shifokorlar koronavirusning omikron shtammi qanday paydo bo‘lishi mumkinligini aytishgan .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!