Oilasini vahshiylarcha o‘ldirgan o‘smir 253 yilga qamaldi

Oilasini vahshiylarcha o‘ldirgan o‘smir 253 yilga qamaldi

2015 yilda sodir etilgan dahshatli qotillik ishi o‘z nihoyasiga yetdi. Sud qaroriga ko‘ra, akasi Robert bilan ota-onasi hamda 3 ta voyaga yetmagan go‘daklarni o‘ldirgan 19 yoshli Maykl Bever 253 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi. Bundan tashqari, unga yana 13 yoshli singlisiga tashlangani (mo‘jiza sababli tirik qolgan) 23 yil qo‘shib ham berildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bularning barchasiga oiladagi zulmkor muhit sababchi bo‘lgan ekan. Aytilishicha, ota-ona farzandlariga hattoki ko‘chaga chiqishga ham ruxsat bermagan.

Vahshiylarcha sodir etilgan jinoyat esa 2015 yilning oxirida bo‘lib o‘tgan. O‘sha kuni aka-uka birinchi bo‘lib, 13 yoshli singlisi Kristallga bir necha marotaba pichoq bilan jarohatlar yetkazishgan. Keyin esa Robert singlisini azoblashdan to‘xtab onasini quvib ketgan.

Polisiya tomonidan taqdim etilgan dalillarga qaraganda, jinoyatchilar ota-onasiga 70 marotaba pichoq yordamida turli jarohatlar yetkazishgan.

Ota-onalarining boshiga yetganlaridan so‘ng aka-uka ukalari va singlisini o‘ldirishga tushadi. 12 yoshli Deniyel uni o‘ldirishlaridan oldin polisiyaga qo‘ng‘iroq qilishga ulguradi va xodimlar uy ichida nimalar sodir bo‘layotganini o‘z quloqlari bilan eshitadilar. Ular Deniyeldan tashqari 7 yoshli Kristofer hamda 5 yoshli Viktoriyani ham o‘ldiradilar. Kristallning hamon tirikligini ko‘rib esa bo‘g‘moqchi bo‘lishadi. Ammo qiz hushidan ketadi va tirik qoladi.

Bu bilan mudhishliklar yakunlanmaydi. Qotillar oxirgi bo‘lib 2 yoshli ukasi Otemning boshini olmoqchi bo‘lishadi. Ammo bunga ulgurishmaydi. Polisiyachilar tomonidan hibsga olinishadi.

Aniqlanishicha, o‘smirlar yana 100 ta odamni o‘ldirishni kelishib olishib, hattoki ularni qanday yo‘q qilishning ro‘yxatini ham tuzib chiqishgan ekan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!