«Og‘u» yetishtirayotgan shaxs qo‘lga olindi

«Og‘u» yetishtirayotgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida joriy yilning 7 avgust kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Markaziy Farg‘ona MFY hududida yashovchi Q.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 14 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simliklarini parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va etishtirmang. Ularni ekish va etishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!