Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

 Кирилча  
logo

Ob-havo: dam olish kunlari yomg‘ir yog‘adi

Ob-havo: dam olish kunlari yomg‘ir yog‘adi

«O‘zgidromet»ning yozishicha, 26 mart kuni kechqurun respublika hududining janubi-g‘arbiy qismiga Turkmaniston hududidan bulutli nam massivlar kira boshladi. Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi va 27 mart kuni ertalab ayrim joylarga yomg‘ir yog‘di. Boshqa joylarda yog‘ingarchilik kuzatilmadi.

27 mart, juma kuni, O‘zbekiston hududining katta qismida avvalgidek quruq havo saqlanib turadi, faqat Samarqand va Jizzax viloyatlarida ayrim joylarga yana yomg‘ir yog‘adi.

Harorat 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu me’yoriy ko‘rsatkichlardan biroz yuqoridir.

28-29 mart kunlari va kelayotgan hafta boshida mamlakatda ob-havoning quruq va asosan ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta ko‘tarilib, 30 mart, dushanba kuni, 22-25 darajani, janubda 27 daraja issiqni tashkil qiladi, bunday harorat yilning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlardan 6-9 darajaga yuqoridir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!