OAV: Shuhrat G‘aniyev koronavirusga chalingan
O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev koronavirusga chalingani aytilmoqda. Bu haqda «Jahon.uz» nashriga tayanib,«Xabar.uz» xabar berdi.
Nashrlarning xabariga ko‘ra, Shuhrat G‘aniyev Toshkent shahridagi 16-shifoxonada davolanmoqda. Uning ahvoli yaxshi ekani, kasallik yengil kechayotgani ma’lum qilingan.
Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimga tayinlanganidan keyin ilk bor 2 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nukus shahridagi «Qoraqalpoq baliq sanoat» MCHJ faoliyati bilan tanishuvi jarayonida ko‘rinish bergandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)