Nukus tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanalni qazish va qayta ta’mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi

Nukus tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanalni qazish va qayta ta’mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.” MCHJga hududdan oqib o‘tuvchi kanalni qazish va qayta ta’mirlash ishlari bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan jamiyat hisob raqamiga ishlar to‘liq bajarilmagan bo‘lsada 145,3 mln so‘m byudjet mablag‘lari o‘tkazib berilganligi oqibatida, ushbu mablag‘lar talon-toroj qilinganligi, shuningdek tuman hokimligi tanlov komissiyasi bayonnomasiga tanlovda ishtirok etmagan jamiyatlarni tanlovda ishtirok etganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlar kiritilib, “N.” MCHJ tanlov g‘olibi etib belgilaganligi aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi, 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!