"Noinsof firibgar" yoxud bir fuqaroni qayta-qayta aldagan jinoyatchi qo‘lga olindi

"Noinsof firibgar" yoxud bir fuqaroni qayta-qayta aldagan jinoyatchi qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi 59 yoshli U.T. IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit olinib, pullari o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi 24 yoshli I.S. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, jabrlanuvchi U.T. gumonlanuvchi I.S.dan “TBS bank” ilovasi orqali onlayn mikroqarz olib berishini iltimos qilgan va U.T.ning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, 8.099.000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan va unga “Sizga kredit berishmadi” deb aldagan.

Bundan xabar topgan, jabrlanuvchi U.T., I.S. bilan uchrashib, nima sababdan bunday qilganligi aytib pullarni qaytarishni so‘raganida I.S. uning nomiga olgan kreditini yopib berishini aytib, bank kartasini olib, U.T.ning nomiga “Asaka bank” mobil ilovasi orqali 20 mln. so‘m takroran onlayn kredit olib, jami 28.099.000 so‘m pullarni talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan I.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!