Niqob taqish faqat bemor uchun zarurmi?

Niqob taqish faqat bemor uchun zarurmi?

Tatyana Rujensova, Tibbiyot fanlari doktori, Rospotrebnadzor epidemiologiya ilmiy tadqiqotlar markaziy instituti bo‘lim boshlig‘i:
 
Yo‘q, niqoblarni bemorlar ham, ular bilan aloqada bo‘ladiganlar ham taqishlari kerak.

Hammamiz niqob taqqan taqdirimizdagina yuqori darajadagi himoya yuzaga keladi.

Ta’kidlash kerakki, eng katta xavf jamoat joylarida - do‘konlar, transport, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar, maydonlar, bekatlar, piyoda o‘tish yo‘laklarida yuzaga keladi. Bu insonlarning bir qismi simptomsiz virus tashuvchi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda kasallikni yuqtirish xavfi yuqori. 

Shunday ekan, bunday joylarda o‘zingiz ham tasodifiy tashuvchi bo‘lib qolmasligingiz va virusni yuqtirib olmasligingiz uchun niqob taqish tavsiya etiladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!